Maduro Kolumbiyaning Venesuelaga hujum qilish rejalarini ma’lum qildi

Kolumbiya Venesuelaga qarata yangi hujumga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda Venesuela prezidenti Nikolas Maduro aytib o‘tdi. Uning nutqi tushirilgan videoyozuv «Twitter»da joylashtirildi.

"Kolumbiya prezidenti Ivan Dukening mablag‘i evaziga o‘qitilgan yollanma askarlardan iborat guruhlar yil oxirida mamlakatimiz armiyasiga qarshi yangi hujum tayyorlamoqda", dedi siyosatchi.

May oyida Venesuela qirg‘og‘ida bortida juda ko‘p qurol-yarog‘i bo‘lgan Kolumbiya dengiz flotining uchta qayig‘i topilganligi haqida xabar berilgan edi. Maduro, shuningdek, AQSh va Kolumbiya homiyligida mamlakatga bostirib kirishga urinishlar haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kolumbiya terrorchilari uning hayotiga suiqasd qilishgan. O‘sha payt Venesuelada hibsga olingan ikki AQSh fuqarosi Amerika prezidenti Donald Trampning shaxsiy xavfsizligi xodimlari bo‘lib chiqqan.