Venesuela poytaxti orkestrchilarga “to‘lib toshdi”

Venesuela dunyodagi eng yirik — 12 minglik orkestrni tashkil etib, rekord Ginnes rekordini yangilamoqchi.

Asosan bolalar va o‘smirlar Karakasda yig‘ilib, bir vaqtning o‘zida klassik asarlar ijro etishdi. Ularning barchasi “Tizim” nomli universal musiqa ta’limi dasturi asosida tashkil etilgan maktablar o‘quvchilari.

«Ommaviy musiqa ta’limi natijalarini ko‘rish juda hayratlanardi. 46 yil davomida u butun mamlakatni qamrab oldi. Butun mamlakat tom ma’noda orkestrlar bilan «to‘lib-toshgan». Bugun biz milliondan ortiq bolalar va o‘smirlarni birlashtirgan tizimning kichik bir bo‘lagini ko‘rmoqdamiz, deydi» dirijyor Andres David.

“Ginnes” vakillari konsertni diqqat bilan kuzatishdi va 10 kun ichida venesuelaliklar ikki yil avval Sankt-Peterburgda o‘rnatilgan rekordni yangilashga muvaffaq bo‘lgan-bo‘lmagani ma’lum bo‘ladi: u yerda 8 mingdan ortiq musiqachilardan iborat orkestr yig‘ilgan edi.