Mahalla raisligiga kimlar saylanishi mumkin?
Qonunchilikka ko‘ra, fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzod, avvalo, O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi, qoida tariqasida, oliy ma’lumotga ega bo‘lishi kerak.
Shuningdek, bevosita saylovga qadar kamida 5 yil tegishli hududda doimiy yashayotgan bo‘lishi hamda tashkilotchilik qobiliyatiga, davlat organlarida yoki nodavlat notijorat tashkilotlarida yoxud tadbirkorlik, boshqa xo‘jalik faoliyati sohasida ish, hayotiy tajribaga va aholi o‘rtasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lishi lozim.
Quyidagilar nomzod etib ko‘rsatilishi mumkin emas:
- sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar;
- og‘ir yoxud o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar;
- sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar;
- haqiqiy harbiy xizmatdagi shaxslar;
- diniy tashkilotlarning professional xizmatchilari.