Majid Karimov: Testda 12 ta sodda savol bor, juda murakkab savollar olib tashlandi

Xalqaro press klubda bo‘layotgan sessiyasida DTM rahbari Majid Karimov testlarning oson va murakkabligi xususida berilgan savolga javob berdi:
- Testlar 4 xil turda — sodda savollar, o‘rtacha oson savollar, murakkabroq savollar va yuqori murakkablik darajasida belgilanar edi.
Endilikda sodda savollar — 12 ta, o‘rtacha oson savollar — 12 ta, murakkabroq (3-darajali) savollar soni — 6 ta bo‘ldi.
Yuqori murakkablik darajasidagi savollar endi yo‘q. Ikki yildan beri juda murakkab savollar, ya’ni olimpiada ishtirokchilari uchun qo‘yiladigan savollar butunlay olib tashlandi.