Toyloqda INFOLIB UZBEKISTAN – 2025: Kitob va ma’rifat bayrami
Toyloq tumanida “INFOLIB UZBEKISTAN – 2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Jumladan, “V Yosh kutubxonachilar forumi” hamda toyloqlik ijodkor Jamol Sirojiddin (Xumiy) xotirasiga bag‘ishlangan kecha va shoirning “Ey, dil, senga ne kerak?” nomli kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman hokimi Behzod Rahmatullayev, yozuvchi va shoir Farmon Toshev, xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati rahbari Saidahmad Usmonov ishtirok etib, kitobxonlikning jamiyatdagi o‘rni, yoshlarni ma’naviy tarbiyalashdagi ahamiyati va Jamol Sirojiddinov ijodi haqida so‘z yuritdi.
Turli korxona-tashkilot rahbarlari tuman axborot-kutubxona markaziga kitoblar sovg‘a qildi.