Tibbiy jihozlar xaridida qonun buzilgan
Boshqarmamiz xodimlari tomonidan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining boshlang‘ich qiymati 215 million so‘m bo‘lgan tibbiy jihozlar uchun davlat xaridlarini amalga oshirishda qonunlarga rioya etilganligi yuzasidan o‘rganish ishlari o‘tkazildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 29-moddasi talablarini buzgan. Xarid komissiyasi tibbiy jihozlar xarid qilish bo‘yicha qabul qilingan qaror va tuzilgan shartnomasini haqiqiy emas, deb topish va qonunbuzilish holatlariga kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tegishli ko‘rsatma berildi.
Elyor USMONOV,
Raqobat qo‘mitasi viloyat hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi.