Maqsad -  maktablarda ilm olishga yetarli darajada sharoit yaratish

Maktab rahbarligiga yosh, vijdonli, bilimli, izlanuvchan, fidoyi kadrlarni qo‘yish maqsadida Payariq tumanidagi 60-, 19-, 66-, 57-, 50-maktablarga salohiyatli kadrlar rahbar etib tayinlandi.

Tumanda ijtimoiy soha ob’yektlarini qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha bir qancha ishlar olib borildi. Jumladan, 20 ta maktabda “burjuyka” pechlar olib tashlanib, o‘rniga zamonaviy isitish tizimlari o‘rnatildi.

Shuningdek, xalq ta’limi bo‘limi tomonidan 2020 yil 23 noyabrdan 23 dekabrgacha “Fanlar festivali” o‘tkazilyapti. Bundan tashqari, tuman maktablarida “Haftaning eng yaxshi o‘quvchisi”, “Haftaning eng yaxshi o‘qituvchisi”, “Eng ko‘p besh baho olgan o‘quvchi”, “Eng ko‘p kitob o‘qigan o‘quvchi” nominatsiyalari bo‘yicha tanlovlar tashkil qilishni rejalashtiryapmiz.

Maqsadimiz maktablarda ilm olishga yetarli darajada sharoit yaratish, o‘quvchilarning har tomonlama chuqur bilimga ega bo‘lishlariga erishishdir.

O‘tkir TURGUNBAYeV,

Payariq tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri.