MDH mamlakatlarida anomal isish qay darajada?
- 21.05.2021 10:44
- 49
- Xorij
Rosgidrometning "2020 yil uchun MDHga a’zo davlatlar hududida ob-havoning o‘zgarishi va holati to‘g‘risida yillik hisoboti"ga ko‘ra, Belarusda iqlim isishi tezligi o‘n yilda 0,63 darajani tashkil etdi, boshqa MDH mamlakatlarida ushbu ko‘rsatkich nisbatan kamroq.
"O‘n yillikni tadqiq etish natijalariga ko‘ra, Belarus (10 yilda +0,63 daraja) va Moldovada (10 yilda +0,6 daraja) eng tez isiyotgan mamlakat, deb qayd etildi. Bahorda isishning eng yuqori ko‘rsatkichlari deyarli barcha MDH mamlakatlarida kuzatilmoqda - 10 yilda +0,5 darajadan yuqori", deyiladi xabarda.
Hisobotga ko‘ra, harorat Rossiyada 10 yilda 0,51 daraja, Ukrainada - 0,62, Armanistonda - 0,4, Qozog‘istonda - 0,32, Qirg‘izistonda - 0,22, Tojikistonda - 0,16, Turkmanistonda - 0,36, O‘zbekistonda - 0,32 darajaga oshgan.