Mehmonxona nega jarimaga tortildi?
Raqobat qo‘mitasi viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning amaliyotda qo‘llanilish holatlari doimiy monitoring qilib borilmoqda.
Kuzatishlarda Samarqand shahrida joylashgan 2 ta mehmonxonada qonunning 16-moddasi talablari buzilganligi aniqlanib, tegishli tartibda ish qo‘zg‘atilgan. Mazkur ish maxsus komissiyada ko‘rib chiqilib, mehmonxonalar 47 million 600 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi.
Bundan tashqari, Samarqand shahri Dahbed ko‘chasi 37-uyda faoliyat yuritayotgan “Minded” MChJga tegishli “Minded scool” o‘quv markazi binosidagi reklama banerida o‘zbek kino aktyori, xalqaro darajadagi huquqshunos va jurnalist Otabek Mahkamovning tasviridan uning roziligisiz foydalanilgan. Bu holat “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 16-moddasi 3-qism 5-xatboshi (Jismoniy shaxsning nomidan yoki tasviridan uning roziligisiz foydalanish ta’qiqlanadi) talablarini buzish hisoblanadi.
Nomaqbul reklama (noto‘g‘ri, axloqsiz, yashirin reklama, shuningdek, ushbu Qonun talablariga mos kelmaydigan boshqa reklama) uchun 23 million 800 ming so‘m jarima qo‘llanilgan.
Oybek Beknazarov,
hududiy boshqarma bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari.