Mehnatda mayiblangan, kasb kasalligi natijasida vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz bo‘lgan xodimlarga nafaqa to‘lanadi

Mehnatda mayiblanish natijasida vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz bo‘lgan xodimlarga mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi ish haqining 100 foizi miqdorida to‘lanadi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram kanali ma’lum qildi.

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi ish stajining davomiyligidan qat’i nazar ish haqining 100 foizi miqdorida quyidagilarga to‘lanadi:

➖ ishlayotgan 1941 — 1945 yillardagi urush qatnashchilariga;

➖ baynalminal jangchilarga va ularga tenglashtirilgan boshqa shaxslarga;

➖ qaramog‘ida 16 yoshga (o‘quvchilar 18 yoshga) yetmagan uch yoki undan ortiq bolalari bo‘lgan xodimlarga;

➖ Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda qatnashgan xodimlarga;

➖ Chernobil AESdagi avariya natijasida radioaktiv ifloslanish zonasidan evakuatsiya qilingan va ko‘chirilgan, qon hosil qiluvchi organlar kasalliklari (o‘tkir leykoz), qalqonsimon bez (adenoma, rak) va xavfli o‘smalar bilan bog‘liq kasalliklarga chalingan xodimlarga;

➖ mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi natijasida vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz bo‘lgan xodimlarga.