Men harbiy bo‘laman

Samarqand shahridagi “Yoshlar markazi”da shu shior ostida rasmlar tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

“Vatanparvarlik oyligi” doirasida viloyat hokimligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamda Markaziy harbiy okrug tomonidan tashkil etilgan tadbirda 50 dan ortiq yoshlar mahoratlarini sinovdan o‘tkazdi.

O‘quvchi-yoshlar “Mening armiyam – mening faxrim”, “Men ham harbiy bo‘laman” va “Sohibqiron Amir Temur portreti” yo‘nalishlari bo‘yicha kuch sinashdi.

Hakamlar hay’ati xulosasiga ko‘ra, payariqlik Aziza Eshonova hamda Samarqand shahrida yashovchi Doniyor Boltayev va Sanjar Ismatov birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.