MIB Past Darg‘omdagi MChJdan bank foydasiga 17 milliard so‘m undirdi
- 18.11.2021 14:32
- 270
- Iqtisodiyot
Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi ish yurituviga Past Darg‘om tumanlararo iqtisodiy sudidan ijro hujjati kelib tushgan.
Unga ko‘ra, javobgar “Samarqand kamalak invest tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan undiruvchi “Asakabank” viloyat filiali foydasiga 17 mlrd. 750 mln. 889 ming so‘m kredit qarzdorligini undirish ko‘zda tutilgan.
Mazkur hujjat bo‘yicha ijro ishi qo‘zg‘atilib, qarzdorga ijro hujjati talabini ixtiyoriy bajarish uchun muddat berilgan.
"Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor “Samarqand kamalak invest tekstil” MChJdan “Asakabank” foydasiga tegishli qarzdorlik undirildi" deya Zarnews’ga xabar bermoqda Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi inspektori Husniddin Dastamov.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- 19 daqiqa avval
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa