287 mln. so‘mni to‘lagan MChJ garovdagi ikki qavatli binosini saqlab qoldi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 05.10.2023 yildagi ijro varaqasiga asosan javobgar “E.Q.A” MChJ va qo‘shimcha javobgar M.A.lardan undiruvchi “Anorbank” AJ foydasiga jami 273.838.187 so‘m kredit qarzdorligi undirish belgilangan.
Undiruv garovga qo‘yilgan Samarqand shahridagi “Ikki qavatli bino”ga qaratish belgilangan.
Ushbu ijro hujjati Byuroning Samarqand shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgandan so‘ng, ijro harakatlariga kirishilgan hamda qarzdor bir necha marotaba ogohlantirilgan.
Ijro harakatlari davomida qarzdor “E.Q.A” MChJ davlat ijrochisi tomonidan berilgan ixtiyoriy muddat o‘tganligi sababli, garovga qo‘yilgan “Ikki qavatli bino”ni xatlangan va “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasiga sotuvga chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Bundan xabar topgan “E.Q.A” MChJ raxbari darhol 273.8 million so‘m kredit qarzini va 14.2 million so‘m ijro yig‘imini to‘liq to‘lab bergan.
Tadbirlar davom etmoqda...
Sardor ShAKAROV,
Byuroning Samarqand shahar davlat ijrochisi.