Qarzdordan 135 million so‘mlik jinoiy jarima undirildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudining 2019 yil 7 noyabrdagi hukmi bilan sudlangan qarzdor A.Ya.dan davlat foydasiga 135 million 138 ming so‘m jinoiy jarima undirish belgilangan va sud qaroriga asosan ijro hujjati Byuroning Narpay tumani bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan.

O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga ko‘ra, qarzdorga ijro hujjatining ijrosini ixtiyoriy ravishda ta’minlash uchun 30 kunlik muddat berilgan.

Shuningdek, Qonunning 42-1-moddasiga asosan qarzdorga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi hududidan chetga chiqish huquqiga vaqtincha cheklov o‘rnatilgan.

Mazkur ijro hujjatiga asosan qarzdorning mol-mulklarini aniqlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 21, 87-moddalariga asosan tegishli tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilgan va olingan ma’lumotlarga asosan barcha mol-mulklariga taqiq qo‘yilgan.

Ijro tadbirlari davomida qarzdor A.Ya.dan ijro hujjatida ko‘rsatilgan 135 million 138 ming so‘m pul mablag‘lari tegishli tartibda undirilib, ijro hujjati amaldagi Qonunning 41-moddasi 1-qismiga asosan tamomlangan.

Dilshod TIMIROV,

Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi bo‘lim inspektori.