Samarqandda bank foydasiga undiruvlar bilan bog‘liq ijro hujjatlari qariyb ikki trillion so‘mni tashkil etmoqda

Majburiy ijro byurosining Samarqand viloyati boshqarmasi yurituviga tijorat banklari foydasiga undiruvlar bilan bog‘liq ijro hujjatlari bo‘yicha 1 trillion 907 milliard 25 million so‘mlik 34 944 ta ijro hujjatlaridan, 1 trillion 221 milliard 968 million so‘mlik 19 324 tasi tamomlanib, 530 milliard 688 million so‘mdan ortiq mablag‘lar undirilgan.

Shuningdek, ijro hujjatlari yuzasidan jami 1 395 ta 225 milliard 590 million so‘mlik mol-mulklar xatlanib, ushbu mol-mulklarni undiruvga qaratish choralari ko‘rilmoqda.

Qarzdorlardan tijorat banklar foydasiga kredit qarzdorligini undirish bilan bog‘liq 5 426 nafar qarzdorlarning 63 milliard 522 million so‘mlik qarzdorliklarini qoplash maqsadida ish haqi daromadlari haqida ma’lumotlar aniqlanib, qarzdorliklarni undirish ish haqlariga qaratilgan.

Jumladan, iqtisodiy ishlar bo‘yicha Toyloq tumanlararo sudining sud hujjatiga asosan qarzdor "Gafurov’s bog‘lari" fermer xo‘jaligidan undiruvchi ATB "O‘zsanoatqurilishbank" foydasiga jami 3 milliard 609 million 337 ming so‘mlik kredit qarzdorlikni undirish bo‘yicha olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorlik to‘liq bartaraf etilgan.