Tadbirkorlardan Toyloqda qariyb 286, Urgutda 126 million so‘mdan ko‘proq soliq qarzdorligi undirildi
Toyloq tumani davlat soliq inspeksiyasining qaroriga asosan qarzdor “SAM IDEAL STROY” ma’suliyati cheklangan jamiyatidan undiruvchi davlat soliq inspeksiyasi foydasiga soliq qarzdorligini undirish belgilangan.
Mazkur hujjat asosida Majburiy ijro byurosi Toyloq tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilib, tomonlarga yuborilgan. Ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli bankdagi hisob-raqamiga davlat ijrochisining qaroriga asosan band solingan va unga tegishli bo‘lgan mol-mulklarni aniqlash maqsadida so‘rov xatlari yuborilgan.
Ushbu ijro hujjati bo‘yicha qarzdor “SAM IDEAL STROY” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan undiruvchi foydasiga 285 million 888 ming so‘m soliq qarzdorligi undirildi.
Xuddi shu tartibda Urgut tumanida “SAMURSOXTMON SERVIS” ma’suliyati cheklangan jamiyatidan davlat soliq inspeksiyasi foydasiga 126 million 403 ming soliq qarzdorligi undirilgan.
Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi axborot xizmati.