Ijtimoiy tarmoqlarda homilador ayol vafot etganligi bilan bog‘liq xabar e’lon qilindi

Holat yuzasidan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi munosabat bildirdi.

“Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, holat joriy yilninig 22 dekabr kuni soat tong 04:00da Past Darg‘om tuman tibbiyot birlashmasining tug‘ruq bo‘limiga shu tumanning Istiqlol MFYsida yashovchi fuqaro Z.B. qorin qismida dardsimon og‘riq borligi, ko‘ngil aynishi kabi shikoyatlari bilan qaynonasi hamda turmush o‘rtog‘i hamrohligida, tez tibbiy yordam mashinasida olib kelingan.

Tezkor tibbiy ko‘riklar natijasida homilador Z.Bning 2 homiladorligi va 2 tug‘ruq, homilaning 38 haftaligi, chalg‘ituvchi, yolg‘on tug‘ruq belgilari, kam qonlikning o‘rta og‘ir darajasi aniqlangan. 

Bundan tashqari, 2022 yil 18 iyul kuni bemor Z.B. o‘ng kichik boldir suyagi pastki uchligida o‘sma aniqlangan uchun Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va raddiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Samarqand filialida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan.

Homilador Z.B. tuman tug‘ruq bo‘limida shifokorlar kuzatuvida bo‘lgan. Biroq, belgilangan standartlar bo‘yicha ko‘rsatilgan muolajaalarga qaramasdan, soat 10:35 da vafot etgan.

Shundan so‘ng, holat yuzasidan tuman IIBga xabar berilgan va  marhum Z.B. Sud tibbiy ekspertiza buyrosi tekshiruvlariga yuborilgan. Tibbiy tekshiruvlar natijalari va o‘rganish xulosalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishini ma’lum qilamiz”, deyiladi boshqarma xabarida.