Past Darg‘om tumaniga ham yangi hokim tayinlandi

Past Darg‘om tumani hokimligida o‘tkazilayotgan xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi.

2023 yildan buyon tumanga rahbarlik qilgan Murotqobilov Vahobjon Abdug‘aniyevich o‘z arizasiga ko‘ra tuman hokimi lavozimidan ozod etildi.

Sessiyada deputatlar tomonidan Raxmanov Sherzod Shuhratovich nomzodi Past Darg‘om tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Sherzod Raxmanov 1991 yilda Samarqand viloyati, Narpay tumanida tug‘ilgan. Mazkur tayinlovga qadar Narpay tumani hokimi lavozimida ishlagan.