Millionlab dollarlarga sotilgan g‘alati “kartina”lar
Ehtimol, biluvchi nuqtai nazaridan, bu rasmlar ajoyib san’at asarlaridir, biroq, tan olish kerakki, bu kartinalarda buni anglab olish oson emas.
Hech birimiz bunday rasmlarning asl qiymatini baholay olmaymiz va muallif nazarda tutgan satrlar orasidagi ma’noni o‘qiy olmaymiz. Shunga qaramay, zamonaviy rassomlarning rasmlari bahosi ba’zida judayam oshirib yuboriladi va butun dunyodagi kolleksiyachi va san’at ixlosmandlari o‘zlarining sevimli asarlarini sotib olish uchun auksionlarga borishadi. Ba’zan ular o‘zlariga yoqqan rasm uchun shunchalik ko‘p pul to‘lashadiki, hatto mualliflarining o‘zlari ham hayratda qoladilar.
“Fazoviy tushuncha” – Luchio Fontana –1 500 000 dollar
Ushbu rasm Londondagi kim oshdi savdosida aqlbovar qilmaydigan pulga sotildi. Go‘yo muallif polotnoni shunchaki rang bilan bo‘yab qo‘yib, rasmni qiya chiziqlar bilan "yirtib qo‘ygan"dek. Shunga yarasha million dollarlik. Savol tug‘iladi: agar rassom bunday rasm uchun undan ham ko‘proq pul olishni istasa, yana bir qiya chiziq chizishikerakmi? Yoki, ehtimol, kesilgan chiziqlar qanchalik ko‘p qiyshaygan bo‘lsa, rasmning sifati shunchalik yuqori sanalarmikin?..
"Qon qizil rangli oyna" - Gerxard Rixter – 1 100 000 dollar
Shubhasiz, bu rassom ko‘plab go‘zal asarlar muallifidir, ammo uning bu ijodini tushunish uchun siz rassom bo‘lib tug‘ilishingiz kerak. Ehtimol, uni sotib olgan kolleksiyachi oynaga qaraganida o‘zini yorqin ranglar jilosidako‘rishni xohlagan bo‘lsa ajabmas.
"Yashil va Oq" - Elsvort Kelli - 1 600 000 dollar
Ushbu mo‘yqalamning asarlari juda munozarali, uning suratlari qiymati bo‘yicha san’atshunos tanqidchilarning qarashlari bilan bir-biridan juda farq qiladi. O‘rtasida shakli o‘zgargan doiraga ega bo‘lgan juda oddiy xolstni o‘z kolleksiyasiga qo‘shish huquqi uchun kichik Tailand orolining bahosi kabi pul to‘lashga tayyor odamlar ham bor ekan.
“Nomsiz” - Mark Rotko 2 800 000 dollar
“It” - Xoan Miro, 2 200 000 dollar
Aslida Mironing juda ko‘p yaxshi ishlari bor, lekin bunisi haqiqatan ham unchalik ijobiy emasligi bilan ajralib turadi. Kim biladi, balki uni sotib olgan kolleksioner shunchaki iste’dodli rassom merosining bir qismiga ega bo‘lishni xohlagandir?
“Nomsiz polotno” – Say Tombli – 2 300 000 dollar
Bu ish uyda oddiy qog‘ozda oddiy mumqalam, ya’ni bola bog‘chada yozishni o‘rganayotganda foydalanadigan materialdan foydalangan holda tezda bajarildi. Kartinaga e’tibor bilan qarasangiz, bu san’at durdonasining o‘zi ham kichkina bolaning "ye" harfini yozishga o‘rganish uchun urinishiga o‘xshab ko‘rinayotgandek...
***
Juda qiziq, ushbu asarlar mualliflari ijod mahsuli juda katta pulga sotilganida qanchalik xursand bo‘lgan ekan? Bu rasmlarni chizganida ular kimnidir ularni sotib olishga ko‘ndira oladi, deb o‘ylagan ekanmikin?
B.Muhammadiyeva tayyorladi.