MMA bo‘yicha jahon chempioni, samarqandlik Mavlud Tifiyevga uch xonali uy sovg‘a qilindi

Gruziyaning Tbilisi shahrida MMA bo‘yicha bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida IFC chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan  Mavlud Tifiyev Samarqandda tantanali kutib olindi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari R.Qobilov ishtirok etib, chempion va uning ota-onasiga viloyat hokimining tashakkurnomasini o‘qib eshittirdi. Tifiyevning sportdagi faoliyati e’tirof etilib, uch xonali uyning kaliti topshirildi.

Mavlud Tifiyev uzoq yillardan buyon havaskor va professional muaytay bo‘yicha yurtimiz sharafini munosib himoya qilish bilan birga, nufuzli ONE FC, Fair Fight, RCC, IFC promoushenlarida ham g‘alaba qozonib kelmoqda.