Moskva viloyatida 18 nafar O‘zbekiston fuqarosi qullikdan ozod etildi

Moskva viloyatida 18 nafar O‘zbekiston fuqarosi qullikdan ozod qilindi. Bu haqda TIV xabar qildi.

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi 18 nafar O‘zbekiston fuqarolarini qullikda ushlab turishda gumonlanuvchi shaxslar Moskva viloyati politsiyasi tomonidan qo‘lga olingani to‘g‘risida OAVda tarqalgan ma’lumotni tasdiqladi.

Ayni paytda jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Elchixona vaziyatni nazoratga oldi va konsullik-huquqiy masalalarni hal qilish, jumladan jabrlangan yurtdoshlarga vatanga qaytish sertifikatlarini rasmiylashtirish bilan shug‘ullanmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti eslatib o‘tganki, Rossiyaning Markaziy federal okrugi (Belgorod viloyati, Bryansk viloyati, Vladimir viloyati, Voronej viloyati, Ivanovo viloyati, Kaluga viloyati, Kastroma viloyati, Kursk viloyati, Lipetsk viloyati, Moskva shahri, Moskva viloyati, Orlov/Oryol viloyati, Ryazan viloyati, Smolensk viloyati, Tambov viloyati, Tver viloyati, Tula viloyati, Yaroslav viloyati) va Armaniston hududidagi fuqarolar zarur vaziyatlarda Moskva shahridagi Elchixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin: : +7 499 230-00-76, +7 499 238-36-20.