Moskvaga uchgan dronlar urib tushirildi. Vnukovo aeroporti vaqtincha reyslarni qabul qilmadi

Moskva hukumati shaharga uchuvchisiz uchuv apparatlari hujumini qaytardi. Shahar meri Sergey Sobyaninning so‘zlariga ko‘ra, “Yangi Moskva va Moskva viloyatida Ukraina dronlarining navbatdagi hujumi uyushtirilgan”.

“Aniqlangan barcha uchuv qurilmalari yo‘q qilindi”, — deya Sobyaninning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda RIA Novosti. Qurbonlar va vayronalar yo‘q.

Dron hujumi tufayli Vnukovo aeroporti reyslarni qabul qilishni vaqtincha to‘xtatgan - samolyotlar boshqa aeroportlarga yo‘naltirilgan. Soat 08:00 dan boshlab Vnukovoda ish odatdagidek davom etgan.

“RIA Novosti”ning favqulodda xizmatlardagi manbalari Yangi Moskvada to‘rtta dron urib tushirilgani haqida xabar berdi. TASS esa urib tushirilgan uchta dron haqida xabar bergan bo‘lib, ulardan biri Kaluga viloyatiga qilingani aytgan.

3 mayga o‘tar kechasi Moskva Kremliga ikkita dron hujum qilgan edi. Odamlar jabrlanmadi. Rossiya Federatsiyasi rasmiylari voqeani terakt va o‘sha paytda boshqa qarorgohda bo‘lgan Vladimir Putinga suiqasd deb atadi. 30 may kuni ertalab esa dronlar Moskva va Moskva viloyatining bir qancha tumanlariga hujum qilgan. Uch dron Yangi Moskva va Rossiya poytaxti markazidagi turar-joy binolariga zarba bergan. 21 iyun kuni Yangi Moskva va Naro-Fominsk viloyatida uchta dron urib tushirildi.

Rossiya rasmiylari dron hujumlarida Ukraina tomonini ayblamoqda. Ukrainada hujumlarga aloqadorlik rad etilib, Rossiyaga hujum qilmasliklarini, faqat o‘z hududida jang qilishlarini aytishmoqda.