Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Mo‘’tabar ayol” nishoniga bu yil Samarqanddan kimlar sazovor bo‘ldi?

Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Samarqand shahrida o‘tkazilgan bayram tadbirida jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatgan, o‘zining samarali mehnati bilan onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo‘shgan, shuningdek, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan quyidagi opa-singillarimiz “Mo‘’tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi:

Sabirova Dilbar Samiyevna - Samarqand shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli 12-oilaviy poliklinika bosh vrachi;

Sayfuddinova Jamila Badriddinovna - Samarqand veterinariya meditsinasi instituti katta o‘qituvchisi;

To‘xliyeva Sharofat Bektoshovna - Samarqand davlat universiteti ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchisi;

Polvonova Zulfiya - Kattaqo‘rg‘on shahar “Mohlaroyim nur” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari;

Nosirova Muhabbat Muhitdinovna - Bulung‘ur tumanidagi 46-umumta’lim maktabining rus tili fani o‘qituvchisi;

O‘runboyeva Matluba Shamsiyevna - Jomboy tumani Holvoyi mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassisi;

Qarshiyeva Banat Babamuradovna - Ishtixon tumani “Farangiz Sarvara” nodavlat notijorat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari;

Ahmedova Ra’no Aripovna - Yoshlar kutubxonasi kutubxonachisi;

Mirzayeva Nodira Xalbayevna - “Konchi” madaniyat sport uyushmasi direktori;

Turdiyeva Muazzam Normuratovna - “Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish, o‘z joniga qasd qilishning oldini olish” markazining Narpay tuman bo‘linmasi ijrochi direktori;

Toshniyozova Karomat Turayevna - Nurobod tumani qishloq xo‘jalik bo‘limida farrosh;

Nurmatova Norbuvi Narzillayevna - Oqdaryo tumani Olchintepa mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassisi;

Berdiqulova Zulxumor Nodirovna - mehnat faxriysi, Payariq tumani “Xalqobod” QVP bosh shifokori;

Jo‘rayeva Lolaxon Xolnazarovna – Past Darg‘om tumani Gumbaz mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassisi;

Amanova Mavjuda Barnaqulovna - Paxtachi tumani “Tadbirkor ayol” assotsiatsiyasi tuman kengashi direktori;

Ahmedova Zebiniso Vafoyevna – mehnat faxriysi, Samarqand shahar 10-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi;

Umarova Turdigul Musoyevna – mehnat faxriysi, Toyloq tumani 44-maktab o‘qituvchisi;

Botirova Surayyo Uzoqovna - Urgut tibbiyot kollejining ingliz tili fani o‘qituvchisi.

 (“Mo‘’tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari miqdorida biryo‘la to‘lanadigan pul mukofoti oladilar).