Xalqaro xotin-qizlar kuni qachondan nishonlana boshlagan?

Dunyo mamlakatlarida maxsus kunlar mavjud bo‘lib, ular biror voqea tufayli qabul qilinadi. Jumladan, 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni sifatida bayram qilinishiga bir fojiali holat sabab bo‘lgan.

1857 yilning 8 mart kuni Amerikaning Nyu-York shahridagi poyabzal va tikuv fabrikasining 40 mingdan ortiq ishchilari mehnat sharoiti yaxshilanishini talab qilib, ish tashlaydi. Fabrika boshqaruvchilari namoyishda ishtirok etgan ayollarni korxona binosiga qamab qo‘yadi. Ayollar va qizlar qamalgan binoda yong‘in sodir bo‘lib, olov ichida qolgan 129 nafar ayol vafot etadi. Bu voqea butun mamlakatni larzaga soladi.

Yong‘in oqibatida hayotdan ko‘z yumgan ishchi-ayollar xotirasi uchun Amerikada ayollar tashkiloti tuziladi va birinchi marta xotin-qizlar unga a’zo bo‘ladilar.

1891 yildan ushbu sana Avstriya, Daniya, Germaniya va Shveysariyada xotin-qizlar bayrami sifatida nishonlana boshlaydi. 1910 yil BMTning Kopengagenda o‘tgan xalqaro konferensiyasida 8 martni Xalqaro xotin-qizlar kuni sifatida nishonlash taklifi bildiriladi.

Keyinchalik ko‘pgina mamlakatlarda ayollarning faollashuvi boshlandi, ular mehnat huquqi va hurmatiga ega bo‘lish, kambag‘allikka qarshi kurash hamda tinchlik uchun kurash olib borishdi. 1965 yildan esa bu sanada dam olish kuni e’lon qilinib, hukumatlar tantanali tadbirlarda ayollarga nisbatan davlat siyosatining amalga oshirayotgan ishlari to‘g‘risida hisobot berishga kirishdi. Asta-sekin Xalqaro xotin-qizlar kunini ayollarning o‘z huquqlarini talab qilganliklari uchungina emas, balki ularni qadrlash, hurmat qilish va e’zozlash kuni sifatida ham bayram qilish an’anaga aylandi.

Gulchehra Beshimova,

SamDU talabasi.