O‘zbekiston-YUNESKO hamkorligi: asosiy fakt va raqamlar
Sanoqli kunlardan so‘ng Samarqand shahrida YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi o‘z ishini boshlaydi.
Ushbu tarixiy voqea arafasida O‘zbekiston-YUNESKO hamkorligiga oid asosiy ma’lumotlarni to‘plashga harakat qildim. Fursatdan foydalanib, o‘tgan davr mobaynida ikki tomonlama hamkorlik juda samarali bo‘lganini alohida ta’kidlashni istardim. YUNESKO O‘zbekistonning boy tarixiy o‘tmishi va madaniy merosiga katta e’tibor qaratgan holda mamlakatimiz ishtirokida turli dastur va loyihalarni amalga oshirib keldi.
Fikrimcha, o‘zaro hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
1. “Markaziy Osiyo sivilizatsiyalari tarixi” kitobi
1992-2001 yillar davomida YUNESKO tomonidan “Markaziy Osiyo sivilizatsiyalari tarixi” kitobi nashr etildi. Jami 6 tomdan iborat mazkur nashr olamshumul voqea bo‘lib, Markaziy Osiyo zaminida eng qadim davrdan boshlab, XX asrgacha bo‘lgan davr tamaddunlari tarixi o‘z aksini topgan. Ushbu kitobni nashr qilishda dunyoning o‘nlab mamlakatlari olimlari, shu jumladan, o‘zbekistonlik tarixchi va arxeologlar faol qatnashdi.

2. YUNESKO yubiley sanalari
Shu paytga qadar YUNESKO rahnamoligida O‘zbekistonning qadim tarixi bilan bog‘liq quyidagi yubiley sanalari keng nishonlandi:
- 1973 yilda Abu Rayhon Beruniy (1973 y.) tavalludining 1000 yilligi,
- 1980 yilda Abu Ali Ibn Sino tavalludining 1000 yilligi,
- 1983 yilda Muso al-Xorazmiy tavalludining 1200 yilligi
- 1994 yilda Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi
- 1996 yilda Amir Temur tavalludining 660 yilligi
- 1997 yilda Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yiligi
- 1998 yilda Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi
- 1998 yilda Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi
- 1999 yilda «Alpomish» xalq dostonining 1000 yilligi
- 2000 yilda Kamoliddin Behzod tavalludining 545 yilligi
- 2001 yilda «Avesto» yaratilganining 2700 yilligi
- 2002 yilda Termiz shahrining 2500 yilligi
- 2002 yilda Shahrisabz shahrining 2700 yilligi
- 2003 yilda Abduxoliq G‘ijduvoniy tavalludining 900 yilligi
- 2004 yilda Qarshi shahrining 2700 yilligi
- 2005 yilda Xorazm Ma’mun Akadyemiyasining 1000 yililigi
- 2006 yilda Samarqand shahrining 2750 yilligi
- 2007 yilda Marg‘ilon shahrining 2000 yilligi
- 2009 yilda Toshkent shahrining 2200 yilligi
- 2024-2025 yillarda “Devoni lug‘oti turk” asarining 950 yilligi,
- 2024-2025 yillarda Ali Qushchi xotirasining 550yilligi,
- 2024-2025 Ajiniyaz Qosibay o‘g‘lining 200 yilligi kiritildi.
3. YuNESKO festivallari:
Yurtimizda quyidagi festivallar YuNESKO shafeligida o‘tkazib kelinmoqda:
- “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali,
-“Boysun bahori” folklor festivali,
- Baxshichilik san’ati festivali,
- Hunarmandchilik festivali,
- Maqom san’ati festivali.
4. YuNESKO Butunjahon merosi ro‘yxati
YuNESKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga O‘zbekistondagi 7 ta ob’yekt kiritilgan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
– “Xivadagi Ichan qal’a majmuasi”,
- “Buxoro shahrining tarixiy markazi”,
- “Shahrisabz shahrining tarixiy markazi”,
- “Samarqand – madaniyatlar chorrahasi”,
- “G‘arbiy Tyan-Shan”, “Turon cho‘llari”
- “Ipak yo‘li: Zarafshon-Qoraqum koridori”.
5. YUNESKO Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxati
YUNESKO Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga o‘zbek xalqi nomoddiy madaniy merosining 15 ta elementi kiritilgan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
– “Shashmaqom”,
- “Boysun madaniy an’analari”,
- “Katta ashula”,
- “Askiya - zukkolik san’ati”
- “Palov bilan bog‘liq madaniyat va an’analar”
- “Navro‘z bayramini nishonlash an’analari”,
- “Marg‘ilon hunarmandchilikni rivojlantirish markazi: atlas va adras tayyorlashning an’anaviy texnologiyalarini saqlash”,
- “Lazgi”,
- “Miniatyura san’ati”,
- “Baxshichilik”,
- “Ipakchilik va an’anaviy ipak tayyorlash san’ati”,
- “Xo‘ja Nasriddin haqidagi an’anaviy hikoyalar”,
- “O‘zbekiston kulolchilik san’ati”,
- “Naqqoshlik - illyuminatsiya san’ati”,
- “Iftorlik va uning ijtimoiy-madaniy an’analari”,
- “Rubob yasash va chalish san’ati” (2024 yil dekabrda kiritildi).
6. YUNESKO “Jahon xotirasi” reyestri
YuNESKO “Jahon xotirasi” hujjatli meros reyestriga O‘zbekistonning quyidagi noyob durdonalari kiritilgan:
- Muqaddas Usmon Qur’oni,
- Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar to‘plami,
- Xiva xonligi devonxonasi hujjatlari,
– Mavlono kulliyoti,
- Buxoro amirligining Qushbegi ma’muriyati arxivlari to‘plami.
7. YuNESKO Butunjahon biosfera qo‘riqxonalari tarmog‘i
YUNESKO Butunjahon biosfera qo‘riqxonalari tarmog‘iga O‘zbekistonning quyidagi 2 ta ob’yekti kiritilgan:
- Chotqol davlat biosfera rezervati,
- Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati
8. YUNESKO Ijodkor shaharlar tarmog‘i
YUNESKO Ijodkor shaharlar tarmog‘i xalqaro loyihasiga Buxoro shahri kiritilgan. Dastur doirasida 2025 yilda Buxoroda birinchi zamonaviy dizayn va hunarmandchilik biyennalesi o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda ko‘hna va boqiy shaharda ushbu biyennale davom etmoqda.
9. Abu Rayhon Beruniy nomidagi YUNESKO – O‘zbekiston xalqaro mukofoti
2023 yilda YUNESKO bilan hamkorlikda sun’iy intellekt sohasida odob-axloqni targ‘ib etish orqali ilmiy muloqotni rag‘batlantirish bo‘yicha Abu Rayhon Beruniy nomidagi YUNESKO – O‘zbekiston xalqaro mukofoti ta’sis etildi. Tez orada ushbu mukofot o‘zining ilk sohiblariga topshirilishi rejalashtirilgan.
Qodir Jo‘rayev,
siyosiy fanlar doktori, professor.