Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitali malakali tibbiyot xodimlarini ishga taklif etadi
Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitalida oliy ma’lumotli shifokorlar, hamshira va laborantlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi sabab, malakali tibbiyot xodimlar ishga taklif etiladi.
Gospitalda vrach-psixiatr, vrach-fiziatr, vrach-laborant, hamshira, tibbiyot hamshirasi, farrosh kabi bo‘sh ish o‘rinlari mavjud.
Shuningdek, Toshkentdagi «O‘zekspomarkaz» pavilonlarida koronavirusga chalingan bemorlarni joylashtirish uchun mo‘ljallangan Taqsimlash markaziga ham tibbiyot xodimlari ishga qabul qilinadi.
Bu yerda ish 14 kunlik navbatchilik tartibida tashkil qilingan hamda xodimlarga quyidagi umumiy hisobda maosh to‘lanadi:
• vrachlarga 15 000 000 so‘m;
• hamshiralarga 10 000 000 so‘m;
• kichik tibbiyot xodimlariga 5 000 000 so‘m.
Ish vaqti 12 soatdan iborat bo‘lib, 8 soat ish, 4 soat dam olish vaqti ko‘zda tutilgan.
Tibbiyot xodimlari tibbiy himoya vositalari bilan ta’minlanadi. Xodimlarga yotoqxona va ovqatlanish to‘liq tashkil qilingani holda, maoshlari har kuni to‘lab boriladi.
Ishga joylashish istagida bo‘lganlar Yunusobod tumanidagi «O‘zekspomarkaz»ga tashrif buyurishlari va suhbatdan o‘tishlari lozim.
Kerakli hujjatlar:
•Diplom;
•Shaxsni tasdiqlovchi pasport;
•Mehnat daftarchasi.