Muftiy “Ummat oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Buxoro shahrida Mir Arab madrasasining 500 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar Shimoliy Kavkaz musulmonlarini muvofiqlashtirish markazi raisi, muftiy Shayx Ismoil Berdiyev tomonidan “Ummat oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi.

Ma’lumot o‘rnida: “Ummat oldidagi xizmatlari uchun” ordeni Shimoliy Kavkaz musulmonlarini muvofiqlashtirish markazi tomonidan 2007 yilda ta’sis etilgan. Mazkur orden bilan Islom dinining ravnaqi va musulmonlar hamjamiyatini mustahkamlash ishiga salmoqli hissa qo‘shgan din peshvolari, diniy muassasa rahbarlariga taqdim etiladi.