Mun Chje In, Koreya Respublikasi Prezidenti:

- Men O‘zbekistonga kelayotganimda 1400 yil oldingi bir kunni yodga oldim. U qadimiy koreys davlati elchilari Samarqandga kelgan kundir. Otga yoki tuyaga minib dam olmasdan mashaqqat chekib kelishlariga ikki oycha vaqt ketgandir? Baland tog‘ tizmalari, adirlar va cho‘llardan o‘tib, qor va yomg‘irda qolib, ba’zida jazirama va sovuq bilan kurashib uzoq vaqt sarflagan bo‘lsalar kerak. Bugun siz azizlar kabi 1400 yil oldin O‘zbekistonning qadimiy ahli ham uzoqdan kelgan mehmonlarni iliq kutib olgan. Mustahkam do‘stlik va ishonch Afrosiyobning g‘arbiy devoridagi sur’atda o‘z aksini topgan. Garchi Koreya va O‘zbekiston bir biridan uzoqda bo‘lsa ham qadimiy koreys davlati davridan boshlab elchilari kelib ketadigan do‘st davlatlar bo‘lgan.