Munajjimlar bashorati: Baxtli lahzalarga boy hafta (12-18 yanvar)
Qo‘y (21.03–20.04)
Bu hafta sizning eng yaxshi hamrohlaringiz aqllilik va hushyorlik bo‘lishi kerak. Muammolarni hal etishda noan’anaviy yondashu va shubhasiz ijobiy natija beradi. Dam olish kunlari yaqinlaringiz bilan janjallashishdan tiyiling.
Buzoq (21.04–20.05)
Bu hafta raqiblarni ittifoqchiga aylantirish uchun noyob imkoniyat paydo bo‘ladi, ammo ehtiyotkorona va diplomatik harakat qilish zarur. Haftaning birinchi yarmida muhim voqealar va yangiliklar kutilmoqda. Juma kuni qandaydir mish-mish va gap-so‘zlarga ishonmang. Umuman, ma’lumotni tekshiring.
Egizaklar (21.05–21.06)
Bu hafta ish, ijod va shaxsiy hayot sizga quvonch bag‘ishlaydi. Hissiy taranglik pasayadi, qat’iyat va o‘zingizga ishonch paydo bo‘ladi. Haftaning ikkinchi yarmi birinchi yarmiga nisbatan xotirjamroq va barqarorroq bo‘ladi. Shiddatli uchrashuvlar, qiziqarli muloqot va foydali tanishuvlar ehtimoli bor, ular sizda muvaffaqiyat ruhini uyg‘otadi.
Qisqichbaqa (22.06–22.07)
Bu haftadagi shioringiz “hamma narsada me’yor” bo‘lishi kerak. Hozircha yangi vazifalar qo‘ymasdan, tugallanmagan va avvaldan qolgan ishlarni yakunlash yaxshiroq. Biroq tashabbusni o‘z vaqtida ko‘rsatish kutilgan natijalar va keyingi kasbiy o‘sishga rag‘bat bo‘ladi. Hissiy muvozanatni saqlashga harakat qiling.
Arslon (23.07–22.08)
Bu hafta faqat o‘z kuchingizga tayanishga to‘g‘ri keladi. Ko‘p narsani o‘zgartirish va yangi voqeliklarga moslashish kerak. Agar qat’iyatli va maqsadga intiluvchan bo‘lsangiz, kasbiy muvaffaqiyatga erishasiz. Hafta oxiridagi yangi tanishuvga jiddiy qarang — u juda foydali bo‘lishi mumkin.
Parizod (23.08–23.09)
Bu haftada qilingan ehtiyotsiz harakatlar kutilmagan salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, shuning uchun diqqatli bo‘ling, vasvasaga berilmang. Qiyin vaziyatda o‘zingizni yo‘qotmang — uni hal qila olasiz. Payshanba kuni tez qaror qabul qilish kutilmagan ijobiy natijalarni beradi. Dam olish kunlari yaqinlaringiz alohida e’tibor talab qilishi mumkin.
Tarozi (24.09–23.10)
Bu hafta shaxsiy hayotingizda sizga ma’qul bo‘lmagan jihatlarni tuzatish bilan shug‘ullanish imkoniyati tug‘iladi. Agar nimadandir shubhalansangiz, savol berishdan tortinmang. Ishning bir qismini hamkasblar bilan bo‘lishish mumkin — ular qarshilik qilmaydi. Nomuhim masalalarda ortiqcha qaysarlik qilib qo‘yishingiz mumkin, keskin bayonot va ochiq nizolardan qochishga harakat qiling.
Chayon (24.10–22.11)
Dam olish kunlaridan keyin ish sur’atiga asta-sekin kirishing, barchasiga birdaniga yopishmang. Yulduzlar seshanba kuni juda omadli bo‘lishini bashorat qiladi — maqsadlarga erishishda deyarli to‘siqlar bo‘lmaydi. Bu hafta eng jasur qarorlarni amalga oshirish uchun kuch topiladi. Dam olish kunlari do‘stlarnikiga mehmonga boring.
O‘qotar (23.11–21.12)
Haftaning boshi siz uchun ancha tarang bo‘lishi mumkin, shuning uchun sabr-toqatli bo‘ling va keskin qadamlar tashlamang. Seshanba kuni g‘oyalaringizni amalga oshirish uchun mablag‘ yoki imkoniyat topish ehtimoli katta. Boshlagan ishlaringizda atrofdagilar qo‘llab-quvvatlashini his qilasiz. Ish joyida ijobiy o‘zgarishlar kutilmoqda. Dam olish kunlari xavotirlardan qutulib, kuchingizni tiklashga harakat qiling.
Tog‘ echki (22.12–20.01)
Ko‘rinib turibdiki, hafta ancha tang o‘tadi. Biroq yashash vaishlash istagingiz barqaror bo‘ladi. Qaror qilgan barcha ishlaringizni amalga oshirishga kuchingiz yetadi. Siz ancha mohir va faol bo‘lasiz. Ammo payshanba kuni oqilona ehtiyotkorlikni saqlash lozim, chunki raqiblar faol harakatga o‘tishi kutilmoqda.
Qovg‘a (21.01–18.02)
Faol hafta kutilmoqda, u muzokara va ishbilarmonlik uchrashuvlari uchun qulay bo‘ladi. Qat’iyatli bo‘ling va o‘z manfaatlaringizga amal qiling. Oilangiz farovonligi ko‘p jihatdan sizning harakat va qarorlaringizga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun oqilona, mantiqiy va izchil bo‘ling.
Baliq (19.02–20.03)
Bu hafta kasbiy va shaxsiy hayotda muvaffaqiyat kutilmoqda. Siz quvvat va kuchga to‘lasiz. Yuksak maqsadlar qo‘yishdan qo‘rqmang — ularga erishasiz. Yulduzlar o‘zaro muhabbat va muloyimlik hamda ehtirosga to‘la yoqimli onlarni va’da qilmoqda.
Gulnora Xoldorova tayyorladi.