Mustaqillik bayrami munosabati bilan afv e’lon qilindi
- 27.08.2019 22:06
- 259
- Jamiyat
Prezident Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik bayrami munosabati bilan 65 nafar mahkumga nisbatan afv e’lon qilish haqidagi Farmonga imzo chekdi. Bu haqida «O‘zbekiston 24» telekanalida ma’lum qilindi.
Farmonga binoan, 17 nafar shaxsning jazosi to‘liq bekor qilindi, 13 nafari jazoni o‘tashdan shartli ravishda ozod etildi, 20 nafar shaxsning jazosi yengilrog‘iga almashtirildi, 14 nafar shaxsning ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazo muddati qisqartirildi, 1 nafar shaxs esa ozodlikdan mahrum qilish jazo chorasidan ozod etildi.
Afv etilganlarning 39 nafari taqiqlangan tashkilotlardagi faoliyati uchun javobgarlikka tortilgan edi.
Afv etilganlarning 1 nafari 60 yoshdan oshgan shaxslar, 4 nafari ayollar.
Teglar:
avf etish
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa