Narpay tumani xalq ta’limi bo‘limiga mudir tayinlandi
- 29.07.2020 18:45
- 1383
- Samarqand
Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Saidahmad Usmonov, Narpay tumani hokimi o‘rinbosari Asqar Rustamov hamda tuman xalq ta’limi bo‘limi xodimlari ishtirokida ZOOM platformasi orqali onlayn yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda dastlab tashkiliy masala ko‘rildi. S.Usmonov Xalq ta’limi vazirining 2020 yil 24 iyuldagi 330-k-sonli buyrug‘iga asosan Rajabov Latifjon Husanovich Narpay tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri lavozimiga tayinlanganini e’lon qildi.
L.Rajabov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar tumandagi 45-umumta’lim maktabi direktori sifatida faoliyat olib borgan.
Onlayn yig‘ilishda tumandagi ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, yangi o‘quv yiliga munosib tayyorgarlik ko‘rishga doir masalalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa