Narpaydagi 31 ta, Paxtachidagi 17 ta maktabga elektron doskalar topshirildi
Zamonaviy bilimlarni egallashda elektron vositalar, kompyuterlarning ahamiyati katta. Ayniqsa, bugungi kunda o‘quvchilarga interaktiv elektron doskalardan foydalanish orqali mavzularni tushuntirish ta’lim sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Narpay tumanidagi 70 ta umumta’lim maktabining 39 tasida zamonaviy elektron doskalar mavjud edi. Tuman hokimligi tashabbusi bilan hududdagi interaktiv doskalari mavjud bo‘lmagan 31 ta umumta’lim maktabiga ham yangi elektron doskalar topshirildi.
Xuddi shunday tadbir Paxtachi tumanida ham bo‘lib o‘tdi. Tuman hokimligi tashabbusi bilan hududdagi elektron doskalari mavjud bo‘lmagan 17 ta umumta’lim maktabiga yangi elektron doskalar sovg‘a qilindi.
Tadbirda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Shahzod Eshonqulov keyingi yillarda yurtimizda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida gapirdi. Yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash va zamonaviy bilimlar berishda barcha o‘qituvchilarga omad tiladi.
Shuningdek, tadbirda sun’iy intellektga asoslangan raqamli ta’lim platformalari (Cerebry) dan foydalanish bo‘yicha taqdimot ham o‘tkazildi.
Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.