Navbahorda mahalla raisi "saylandi"
Kattaqo‘rg‘on shahrida fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga ko‘maklashuvchi viloyat komissiyasi tomonidan hududiy seminar bo‘lib o‘tdi.
Paxtachi, Narpay, Nurobod, Kattaqo‘rg‘on tumanlari va Kattaqo‘rg‘on shahar ko‘maklashuvchi komissiyalari a’zolari ishtirok etgan tadbirda viloyat ko‘maklashuvchi komissiyasi raisi N.Rabbimova saylovga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalar haqida so‘z yuritdi.
Shundan so‘ng ishtirokchilar Kattaqo‘rg‘on shahridagi Navbahor mahalla fuqarolar yig‘inida olib borilayotgan ishlar, ishchi guruh faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Namuna tarzida mahalla raisi saylovi jarayoni uyushtirildi.
- Hududiy seminar mahalla raisi (oqsoqoli) saylovini amaldagi tartiblar asosida tashkil etish va o‘tkazishda biz uchun katta tajriba bo‘ldi, - deydi Paxtachi tumanidagi Tinchlik mahallasi ishchi guruhi raisi Normurod Qurbonnazarov. – Ayniqsa, namunaviy saylov jarayonida ko‘p savollarimizga javob oldik.
Shuhrat Qarshiyev.