Navbatdagi sayyor qabul Narpayda
- 13.02.2019 20:47
- 217
- Dolzarb
Viloyat hokimi E.Turdimov 2019 yil 15 fevral kuni soat 11-00 dan boshlab Narpay tumanidagi Oqtosh tadbirkorlik va servis kasb-hunar kolleji binosida sayyor qabul o‘tkazadi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Qabulda murojaatlarga tezkor yechim topish maqsadida viloyatdagi boshqarma va idoralar rahbarlari ham ishtirok etadi.
Bildirilgan har bir murojaat viloyat hokimligi tomonidan nazoratga olinadi.