Navbatdagi sayyor qabul Payariqda

Viloyat hokimi E.Turdimov 2019 yil 19 fevral kuni soat 9-00 dan boshlab Payariq tumani Qumchuq mahallasidagi 1-sonli bolalar-o‘smirlar sport maktabi binosida tuman aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazadi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Murojaatlarga tezkor yechim topish maqsadida qabulda viloyatdagi boshqarma va idoralar rahbarlari ham ishtirok etadi.

Bildirilgan har bir murojaat viloyat hokimligi tomonidan nazoratga olinadi.