Nazdingizda kechirilmasdek tuyulgan gunohlar bor, lekin...

Minglarcha gul bor, lekin atirgulning ifori boshqa...

Millionlarcha inson bor, ammo sevganlarimizning diydori boshqa...

Minglab shaharlar bor, lekin Makkaning muhabbati boshqa...

Haftada yetti kun bor, lekin Juma kunining xosiyati boshqa...

Bir qancha oylar bor, ammo Ramazonning kutilishi, hayajoni, ifori, barakoti boshqa...

Yuzlarcha kecha bor, ammo bu oydagi bir kechaning fazilati boshqa...

Jannatning eshiklari ko‘p, lekin faqatgina ro‘zadorlar kiradigan Rayyon eshigidan viqor bilan Robbimning jamoliga yaqinlashyapman, degan orzu bilan kirib borishning lazzati boshqa...

Nazdingizda kechirilmasdek tuyulgan gunohlar bor, lekin Ramazonning hurmatidan ularni kechirib, birinchi bo‘lib siz salom berishingizning rohati boshqa...

Ertaning baxti bilan yashayotgan qalblarga kirib kelgan RAMAZON muborak!