Nevarasini qutqarmoqchi bo‘lgan bobo ham cho‘kib ketdi
- 21.12.2020 12:35
- 523
- Hodisa
Joriy yilning 16 dekabr kuni Andijon viloyatining Baliqchi tumanida joniga qasd qilgan nabirasini qutqarmochi bo‘lgan bobo ham cho‘kib ketdi. Bu haqda IIVning “Postda” gazetasi xabar berdi.
Shu tumanda yashagan, 2002 yilda tug‘ilgan Z.K. o‘z joniga qasd qilib, uyi oldidan oqib o‘tuvchi “Qoradaryo” kanaliga o‘zini tashlagan vaqtda buni 65 yoshli bobosi ko‘rib qolgan. Nevarasini qutqarish uchun u ham suvga tushgan. Lekin oqim kuchliligi va suvning sovuqligi vaziyatni yanada og‘irlashtirgan. Nevaraga qo‘shilib, bobo ham cho‘kib ketgan.
Jasadlarni suvdan qidirib topish choralari ko‘rilgan. Holat yuzasidan prokuratura surishtiruv ishlarini olib boryapti.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 2 soat avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand