Zarafshon daryosida ehtiyotsizlik oqibatida 3 nafar voyaga yetmagan bola cho‘kib ketgan

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 25 may kuni soat 14:00 larda Paxtachi tumanida 3 nafar voyaga yetmagan bola Zarafshon daryosiga cho‘milish maqsadida borib, ehtiyotsizliklari oqibatida cho‘kib ketgan.

FVB hamda IIB xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv ishlari natijasida bir nafar bolaning murdasi topilgan. Qolgan ikki nafar bolani qidirib topish ishlari olib borilmoqda.

Hozirda marhumning o‘limi bo‘yicha sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.

Bunday ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida cho‘milish ruxsat etilmagan, taqiqlangan, oqim tezligi yuqori bo‘lgan, chuqur, o‘ziga notanish bo‘lgan suv havzalarida cho‘milmaslik so‘ralgan.