Nogironlik aravachasidagi kishi Oq Uy oldida o‘ziga o‘t qo‘ydi

12 aprel kuni kunduzi soat 15:00 atrofida ism-sharifi oshkor qilinmagan nogironlik aravachasidagi kishi Oq Uy oldida o‘zini yoqib yuborgan.

Bu haqda forumdaily.com xabar beryapti.

AQSh maxsus xavfsizlik kuchlari olovni o‘chirishgan va uni kasalxonaga olib borishgan. Kuyish oqibatida nogiron shaxs hayotiga xavf solmaydigan darajada yengil jarohatlar olgan.

"AQSh maxsus xizmatlari zobitlari(USSS) zudlik bilan olovni o‘chirishgan va o‘sha shaxsga birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatib, keyin uni kasalxonaga olib borishgan. Uning hayoti xavf ostida emas" deb yozayapti CBS News maxsus xizmatning rasmiy xabariga asoslanib. "Hodisadan so‘ng Pensilvaniya-avenyudagi piyodalar o‘tish yo‘lagi yopib qo‘yilgan va surishtiruv ishlari davom etayapti", deyiladi yana xabarda.