Norvegiyada daniyalik odam yo‘lovchilarga kamondan o‘q uzdi, qurbonlar bor
- 14.10.2021 15:04
- 37
- Xorij
Besh kishi Norvegiyaning Kungsberg shahrida noma’lum jinoyatchi hujumi qurboniga aylandi, ikki kishi yaralandi. Keyinchalik huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan qotil 37 yoshli daniyalik fuqaro bo‘lib chiqdi.
Kecha, 13 oktyabr kechki 6 larda kamon va o‘qlar bilan qurollangan bir kishi o‘tayotganlarni o‘qqa tuta boshladi.
"Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, o‘q uzgan yolg‘iz harakat qilgan. Bunday holatlarda terakt versiyasini istisno qilib bo‘lmaydi. Lekin bu haqida gapirish hali erta, politsiya tergov olib bormoqda. Solbergdan kelayotgan xabarlar dahshatli…», dedi Norvegiya Bosh vaziri Yerna Solberg.
Kongbsreg - 30 ming aholiga ega shahar. Rasmiylar ma’lumotiga ko‘ra, o‘q otuvchi qurbonlarini bir necha joylarda, jumladan supermarketda mo‘ljalga olgan. OAV jinoyatchi yonida boshqa qurol ham borligi haqida ma’lum qildi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!