Nurobod tuman sudi raisi ham sayyor qabul o‘tkazdi

Bundan avval jinoyat ishlari bo‘yicha Payariq va Paxtachi tumanlari sudlari raislari tomonidan joylarda sayyor qabullar o‘tkazilgani to‘g‘risida xabar bergan edik.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Nurobod tumani sudi raisi N.Rayimov ham aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, xalq bilan bevosita muloqot qilish maqsadida tumandagi Amir Temur, Navro‘z, Sharq yulduzi mahallalarida yashovchi fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazdi.

Sud raisi aholining murojjatlarini eshitib, ularga qonuniy tushuntirish berdi. O‘ndan ortiq fuqaroning muammoli masalasi qabul chog‘ida hal etildi.