Nurobodda 600 dan ortiq fuqaro karantin qoidasini buzgan

  Karantin davri boshlangandan buyon Nurobod tumanida 374 kishi tibbiy kuzatuvga olingan bo‘lib, ayni paytda ularning 347 nafari karantin  muddati tugaganligi sababli kuzatuvdan chiqarilgan.

  Hozirgi kunda tibbiy kuzatuvda bo‘lganlarning 12 nafari tuman tibbiyot birlashmasida, 15 nafari esa uy sharoitida nazoratga olingan.

  Hokimlik axborot xizmatining xabariga ko‘ra, shu paytgacha tuman bo‘yicha karantin qoidalarini buzgan 638 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

  Darvoqe, tuman “yashil” toifada bo‘lgani uchun belgilangan tartibda park va istirohat bog‘lari faoliyatiga (attraksion va ko‘ngilochar ob’yektlar faoliyati bundan mustasno), avtotransportlarning stikersiz harakatiga, karantin qoidalariga to‘liq rioya qilgan holda davlat tashkilotlarida fuqarolar qabuliga ham ruxsat berilgan.

  Sizning ham hududingiz “yashil” bo‘lishi uchun karantin qoidalariga amal qiling!