Nurobodda “Yermulkkadastr”ning yangi binosi qurilishi boshlandi
- 17.09.2019 15:34
- 94
- Samarqand
Samarqand viloyati “Yermulkkadastr” davlat korxonasi Nurobod tumani filialining yangi binosi qurilishiga tamal toshi qo‘yildi.
Ushbu ma’muriy bino qurilishining loyiha qiymati 1,108 million so‘mni tashkil etib, aholiga xizmat ko‘rsatuvchi 20 ta xonadan iborat bo‘ladi.
Bino qurilishini “Yuksalish Quruvchi Plus” oilaviy korxonasi amalga oshirib, joriy yil yakunigacha foydalanishga topshirishni rejalashtirmoqda.