Nutqida, eshitish va ko‘rishida og‘ir nuqsonlari bor bolalar uchun bog‘cha puli to‘lanmaydi

Quyidagi kasalliklar mavjud bolalar uchun bog‘cha puli to‘lanmaydi:

— nutqidagi og‘ir nuqsonlar (rinolaliya, duduqlanish, bolalar afaziyasi, ruhiy-nutqiy rivojlanishda orqada qolish);

— eshitishdagi og‘ir nuqsonlar (II — IV darajadagi karlik);

— ko‘rishdagi og‘ir nuqsonlar (ko‘zi ojizlar, bir ko‘zi soqqasi yo‘qligi (anoftalm), ambliopiya va g‘ilay bo‘lgan zaif ko‘radiganlar);

— tayanch-harakatlanishidagi nuqsonlar;

— psixik rivojlanishda orqada qolish (aqliy orqada qolish (aqliy faoliyatining orqada qolishi va aqliy zaiflikning yengil darajasi);

— murakkab nuqsonlar (rivojlanishda ikki va undan ortiq nuqsonlar mavjudligi);

— sil kasalligining ilk ko‘rinishi (sil kasalligi bilan kasallangan bemor bilan bir oiladan (xo‘jalikdan) bo‘lib aloqada bo‘lganlar, tubviraj), shuningdek sil kasalligidan keyingi tiklash davri.