OAV: Zoyir Mirzayev Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimidan ketishi kutilmoqda
Bir qator ommaviy axborot vositalarida Qashqadaryo viloyati hokimi o‘zgarishi haqida xabarlar tarqaldi.
Jumladan, Kun.uz sayti o‘z manbasiga asoslanib, Zoyir Mirzayev o‘rniga O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Murod Azimov Qashqadaryo viloyati hokimi etib tayinlanishini yozmoqda.
Zoyir Mirzayev 2019 yil oktyabr oyidan Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasiga kirishgan. Ungacha, 2016-2018 yillarda Bosh vazir o‘rinbosari – Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri, agrosanoat majmuasi rahbari, 2018 yilda Bosh vazir o‘rinbosari – agrosanoat, oziq-ovqat va xalq iste’mol mollari majmuasi rahbari bo‘lib ishlagan. Keyinroq esa 2018 yil 7 noyabr kuni Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani hokimi lavozimiga tayinlangan.
Qashqadaryoga hokim bo‘lishi kutilayotgan Murod Azimov 2018 yil fevraldan beri Bojxona qo‘mitasiga raislik qilib keladi.