Odam savdosi - davr muammosi

Odam savdosi illati jahon hamjamiyatini tashvishga solayotgan XXI asrning jiddiy muammolaridan biri. Bu illatning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida yurtimizda qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu illat bilan kurashishda nafaqat davlat tashkilotlari, balki nodavlat notijorat tashkilotlar hamda xalqaro tashkilotlar ham manzilli ishlarni amalga oshirmoqda.
Xususan, viloyatimizda ham odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish viloyat hududiy komissiyasi ishchi guruhi a’zolari tomonidan muntazam mahalla, ta’lim muassalari va tibbiyot tashkilotlarida tashviqot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Samarqand shahridagi Mevazor mahalla fuqarolar yig‘ini raisi hamda mahalla faollari uchun Samarqand shahridagi 49-umumiy o‘rta ta’lim maktabida hududiy komissiya a’zolari tomonidan "Odam savdosi - davr muammosi" mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda viloyat IIB mas’ul xodimi T.Elboyev odam savdosining kelib chiqish sabablari, unga qarshi kurashishda viloyatimizda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ishtirokchilarga tushunchalar berdi. Mas’ul xodim o‘z so‘zida viloyatimizda o‘tgan yilni o‘zida 5 holat aniqlanib, tegishli choralar ko‘rilgani haqida ma’lumot berdi.
Ishtirokchilarga respublika "Istiqbolli avlod" ijtimoiy axborot markazi tomonidan ishlangan ogohlikka chaqiruvchi videoroliklar namoyish etildi.
Respublika "ISTIQBOLLI AVLOD" ijtimoiy axborot markazi Samarqand viloyat bo‘limi.