O‘g‘ri korxona ishchisi bo‘lib chiqdi
- 01.07.2019 09:47
- 195
- Jinoyat va jazo

Joriy yilning 29 iyun kuni Samarqand viloyati Ishtixon tumani Qoraqishloq MFY Qoraqishloq qishlog‘ida yashovchi, xususiy korxona ishchisi, 21 yoshli fuqaro Qo‘shrabot tumani IIBga ariza bilan murojaat qilgan.
Unda shu yilning 27 iyun kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxs “Qo‘ralos” mahallasida joylashgan ish joyidagi yotoqxonadan unga tegishli ovoz kuchaytirgich va 2.000.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Qo‘shrabot tumani Buloqboshi mahallasi Yangiobod qishlog‘ida yashovchi, shu xususiy korxona ishchisi bo‘lgan, 19 yoshli N.A. sodir etganligi aniqlanib qulga olingan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Tuhmat bilan qamalgan sud raisi oqlandi
- Bugun, 12:17
- Jinoyat va jazo
Bo‘lgan voqea: Qaldirg‘och keldi
- Bugun, 09:07
- Mutolaa
Samarqandda 69 ta qizil toifali maktablar bor
- Kecha, 17:38
- Ta’lim