Nurobodda qo‘y o‘g‘risi ushlandi

Samarqand viloyati Nurobod tumanida uch oy oldin bir necha bor chorva mollari o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, shu yilning 3 iyun kuni  Mehnatkash MFYda yashovchi 40 yoshli A.T. IIBga murojaat qilib, unda joriy yilning 19 mayga o‘tar kechasi noma’lum shaxs uning uyi hovlisidan 4 bosh qo‘ylarini hamda 31 mayga o‘tar kechasi 5 bosh qo‘ylarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Nurobod tumani Oqsoy MFYda yashovchi 32 yoshli M.M. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.