O‘g‘rining xursandchiligi uzoqqa cho‘zilmadi

Samarqand shahar Nurafshon mahallasida yashovchi, 1964 yilda tug‘ilgan R.S.ning yashash xonadoniga noma’lum shaxs derazasini buzish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, uyida bo‘lgan sandiq ichidan jami 13.500 AQSh dollari miqdoridagi pullarini talon-toroj qilib voqea joyidan yashiringan.

Biroq jinoyatchining xursandchiligi uzoqqa bormadi. Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 1-son IIB tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Samarqand viloyat Past Darg‘om tumani, Shombuloq mahallasida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan X.Q. sodir qilganligi aniqlanib, undan 2.000 AQSh dollari daliliy ashyo sifatida olindi.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan X.Q.ga nisbatan O‘zbeksiton Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati.