Oliy ta’lim muassasalarida 1-semestr yakuniy nazorat imtihonlari shaffof o‘tyaptimi?
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida o‘quv yilining 1-semestri imtihonlarini adolatli o‘tkazish maqsadida yakuniy nazorat imtihonlari test-nazorat shaklida, kompyuterda olinmoqda. Talabalarning yakuniy nazorat imtihon natijalarini baholashda yangi tizimga amal qilishni boshladi.
Yangi tizimning o‘ziga xos jihati shundaki, talabaning joriy va oraliq nazorat ishlaridan “3” yoki “5” baho olganidan qat’iy nazar, yakuniy nazorat imtihonidan olgan bahosi talaba reyting daftarchasiga qo‘yiladi.
Bugun iqtisodiyot fakulteti, menejment yo‘nalishining 118-218 guruhlariga ingliz tili fanidan yakuniy nazorat imtihonlari bo‘lib o‘tdi. Test natijalariga ko‘ra, 40 nafar talaba yakuniy nazorat imtihonida ishtirok etdi. Shulardan, 4 nafari “5”, 12 nafari “4” va 16 nafari “3” baho bilan imtihonni topshirdi. Qolgan 8 nafari esa imtihondan o‘tolmadi.
Maqsad - talabalar bilimini shaffof baholash va korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan. Institutda amalga oshirilayotgan islohotlar o‘z natijasini beradi, albatta.
Shohruh JALILOV.